OTA DARVOZA

OTA DARVOZA — Ichan qalʼaning gʻarbiy darvozasi. Olloqulixon hukmronligi davrida qurilgan (1828— 29). Shermuhammad ota nomi bilan ham atalgan. Darvozaxona toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (17,50×15,40 m), ichkarisi uzun dalon boʻlib, usti ikki katta gumbaz (diametri — 15,07 m) bilan krplangan. Da-lonning 2 tomonida bir-biriga oʻtiladigan oldi ochiq, gumbazli xonalar darvozabonlar xonasi vazifasini oʻtagan. Xonalarning biridan hujraga oʻtiladi. Hujradagi aylanma zinadan tomga chiqiladi. Darvoza peshtogʻi baland boʻlib, ikki yon tomonini guldastalar egallagan. Peshtoqining ravokli darchalari guldastalar qafasasi bilan bir balandlikda boʻlib, kunguralar bilan yakunlangan. Ota darvozaning dastlabki koʻrinishi saklanmagan, arxiv materiallari asosida qayta tiklangan (1974). 1978-y. dan doʻkon uchun moslashtirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x