SISZYAN

SISZYAN, Chjuszyan, Marvaridli daryo — Xitoyning jan. sharqiy qismidagi daryo. Uz. 2160 km, havzasining mayd. 437 ming km2. Yunnan togʻligidan boshlanib, Nannin togʻlarining jan. etaklari boʻylab oqadi va Beyszyan hamda Dunszyan daryolari bilan mayd. 16,9 ming km2 li delta hosil qilib Jan. Xitoy dengiziga quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 8 ming m3/sek., yezda sersuv. Teztez suv toshqinlari boʻlib turadi. Sugʻorishda foydalaniladi. Uchjou sh. dan boshlab kema qatnaydi. Deltasida Guanchjou dengiz porti joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x