OTA-ONA QANDAY HOLLARDA OTA-ONALIK HUQUQIDAN MAHRUM QILINISHI MUMKIN.

OTA-ONA QANDAY HOLLARDA OTA-ONALIK HUQUQIDAN MAHRUM QILINISHI MUMKIN.

⚡️Savol;
Men turmush o‘rtog‘im bilan ajralishganman. Turmush o‘rtog‘im ikki nafar farzandim uchun sud qarori bo‘lsa xam aliment to‘lamay kelmoqda. Men uni otalik huquqidan mahrum qildirishim mumkinmi ?

⚡️Javob;
Oila kodeksining 79-moddasiga ko‘ra, Ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda:

❗️ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa;

❗️uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z bolasini tug‘ruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o‘xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;

❗️ota-onalik huquqini suiiste’mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta’sir ko‘rsatsa;

❗️muttasil ichkilikbozlik yoki giyovandlikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsa;

❗️o‘z bolalarining hayoti yoki sog‘lig‘iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo‘lsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

🟢 Ota-onalik huquqidan mahrum qilish sizni da’voyingizga asosan sud tartibida amalga oshiriladi. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishlar prokuror hamda vasiylik va homiylik organi ishtirokida ko‘rib chiqiladi.

✏️ Qisqa qilib aytganda otalik huquqidan mahrum qilish uchun yuqoridagi asoslar mavjud bo‘lishi kerak. Birgina sizni da’voyingiz bilan xammasi xal bo‘lmaydi. Sud ishni ko‘rayotganida to‘plangan xujjatlarga va ularning asosliligiga qarab masalani hal etadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x