ORQA OLAY TIZMASI

ORQA OLAY TIZMASI — Pomirning shim. dagi togʻ tizmasi, Olay vodiysini jan. dan oʻrab turadi. Asosan, Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasida. Uz. 240 km, eng baland joyi 7134 m. Slanes, ohaktosh, qumtosh va konglomeratlardan tarkib topgan. Shim. yon bagʻri uzunroq. Yon bagʻirlarining quyi qismida togʻdasht va togʻ-oʻtloq oʻsimliklari oʻsadi, balandrokda — abadiy qor va muzliklar yotadi (1436 km2). Orqa olay tizmasi dagi Qizilort dovoni (4280 m) orqali Oʻsh — Xorugʻ avtomobil trakti oʻtgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x