JAKSON Sidney Lvovich

JAKSON Sidney Lvovich (1886.14.4, Nyu-York — 1966.5.1, Toshkent) — bokschi, xizmat koʻrsatgan sport ustozi (1938). 1-jahon urushidan oldin AQSHning kuchli bokschilaridan biri sanalgan. Nyu-York terma jamoasining aʼzosi sifatida Rossiyaga keldi, urush tufayli vataniga qaytib borolmadi. 1922-y. dan umrining oxirigacha Toshkentda yashadi. Bu yerda birinchi boks toʻgaragi tashkil etdi va Oʻzbekistonda sportning bu turi rivojlanishiga katta hissa qoʻshdi. Respublika terma jamoasining doimiy murabbiysi sifatida boks boʻyicha yuzlab sport ustalari tayyorladi. 1938—42 y. larda Toshkent pedagogika in-tida oʻqidi, soʻngra shu yerda ingliz tilidan dare berdi. Oʻzbekistonda Jakson xotirasiga bagʻishlab anʼanaviy xalqaro boks musobaqalari oʻtkaziladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x