ORIYA TILI

ORIYA TILI, odri, utkali — hindevropa tillari oilasi hind-oriy tillari guruhiga mansub. Hin-distonning asosiy tillaridan biri va Orissa shtatining rasmiy tili. Qoʻshni Andhra Pradesh, Madhya Pardesh va Bihor shtatlarida ham Tap-kalgan. 25 mln. dan ortiq kishi soʻzla-shadi. Tuzilishi jihatidan koʻproq bengal tiliga oʻxshaydi. Asosiy xusu-siyatlaridan biri — soʻz oxirida qisqa unlilarning saqlanishi natijasida undosh bilan tugagan soʻzlarning juda ozligidir. Dialektal jihatdan Oriya tili nisbatan bir xil boʻlib, jan.-gʻarbda bhatri lahjasigina ajralib turadi. Yozma yodgorliklari 11 — 13-a. lardan mavjud boʻlsada, hoz. til 19-a. ning 2-yarmidan shakllangan. Qad. brahmi yozuvi asosida shakllangan, harflar shakli boshqa hind yozuvlaridan farq qiladigan oʻz yozuviga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x