PARIJ

PARIJ — Fransiyaning poytaxti. Mamlakatning eng muhim iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi. Dunyodagi eng katta va goʻzal shaharlardan. Il-deFrans tarixiy viloyatining bosh shahri. Sena daryosi sohilida. Ikdimi yumshoq, moʻtadil, dengiz iqlimi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 3,4°, iyulniki 18,8°. Yillik yogʻin 645 mm. Aholisi 2,1 mln. kishi (1999). Atrofidagi shaharlar bilan Katta Parijni tashkil etadi (aholisi 8,7 mln. kishi).

Mil. av. 1-a. da hoz. Parij oʻrnida gallar qabilasi boʻlgan pariziylarning Lyutetsiya qishlogʻi bor edi; rimliklar davrida yirik savdo markazi, mil. 3—4a. larda Pariziya deb atalgan (Parij nomi shundan olingan). 497-y. dan frank qirollari qarorgohi. Karolinglar davrida — faflik markazi. 885—886-y. larda Parij normannlar qamaliga bardosh bergan. 987-y. dan Parij fransuz qirolligi poy-taxti. 14—15-a. larda Parij bir qancha xalq harakatlari maydoniga aylangan. Yuz yillik urush davrida (1337—1453) Parij inglizlar tomonidan bosib olinib, 1436-y. gacha ular qoʻlida boʻlgan. 16-a. dagi diniy urushlarda Parijning siyosiy mavqei kuchaydi. 17-a. ning oʻrtalarida, ayniqsa, 18-a. da P. Yevropaning mada-niy markaziga aylangan. FransiyaPrussiya urushi (1870—71) davrida Parijni nemis qoʻshinlari bosib oldi. 2-jahon urushi davrida Parij gitlerchilarga qarshilik koʻrsatishning yirik markazlaridan biriga aylandi. Shahar 1944-y. 19—25 avg. da ulardan ozod qilindi.

Parij mamlakatda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining 1/4 qismini beradi. Sanoatning yetakchi tarmoklari: mashinasozlik (xususan, avtomo-bilsozlik, elektrotexnika va elektropika) va metallsozlik. Samolyotsozlik, stanoksozlik, aniq mexanika va optika buyumlari i. ch., harbiy sanoat ham salmoqli oʻrin egallagan. Kime sanoatida rezina, dori-darmon, fotomateriallar ishlab chiqariladi. Parijda tayerlangan galantereya va parfyumeriya hamda zargarlik buyumlari, tayyor kiy-imlar, safar anjomlari, turistlar uchun esdalik buyumlari dunyoga mashhur. Tikuvchilik, qogʻoz, poligrafiya, mebel, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoati rivojlangan. Turistlar koʻp keladi.

Parij — transport yoʻllarining yirik tuguni, dare porti. Shahardan I tomonga radial ketgan t. y. lar 2 qator xalqa yoʻl b-n birlashtirilgan. 3 ta yirik aeroport bor. Parijda 1900-y. dan metropoliten ishlamoqda.

Shahar radial-halqasimon qilib planlashtirilgan. Bir-biriga bogʻlanib ketgan, shaklan oʻziga xos ansambllar sistemasi sha-har qiyofasiga alo-hida husn bagʻishlaydi. Shaharning qad. markazi Site o. boʻlgan. Bu yerda gotika uslubida qurilgan Bibi Maryam ibodatxonasi (Notr-Dam, 1163—1257), Sent-Shapel butxonasi (1243—48) kabi yodgorliklar saqlangan. 16—17-a. larda Parij salo-batli poytaxt qiyofasiga kirgan. Koʻchalar, maydonlar plan asosida qurilgan. Luvr (1546—19-a. oʻrtalari), Lyuksemburg saroyi (1615—21), Sorbonna un-ti va uningcherkovi (1629—53), Nogironlar uyi (1671—76), Nogironlar sobori (1680—1706), Vogezlar maydoni (1606— 12), Val-degras monasti-ri(1645—71) bunyod etilgan. 18-a. va 19-a. boshlarida Parij markazida ulkan may-don barpo etildi. U Luvr maydonini, Karusel (1806) maydonidagi arkni yangi Rivoli koʻchasi, Tyuilri bogʻi, Yelisey maydoni, de Goll maydonidagi Zafar darvozasi (1806—37) b-n birlashtiradi. Shu r-nning gʻarbida turar joy kvartallari joylashgan. U Bulon oʻrmoniga borib taqaladi. Daryoning chap sohilida Panteon (1758 — 90), Burbonlar saroyi (18—19-a. lar), Grand-Opera teatri binosi (1860—75), Eyfel minorasi (1889) qad koʻtargan. 20-a. da Parijda zamonaviy meʼmorlik uslubida Mars maydoni (1908—28), Shayo saroyi (1936), 60-y. larda va 70-y. larning boshlarida YUNESKO binosi va b. yangi majmualar bunyod etildi. Sena daryosiga 60 dan ziyod koʻprik qurilgan.

Parijda mamlakatning yetakchi ilmiy tadqiqot in-tlari va oliy oʻquv yurtlari joylashgan. Parij (Sorbonna) un-ti (13-a.), Fransiya kolleji, konservatoriya, konchilik, sanʼat maktablari, q. x. in-ti, Fransiya in-ti (tarkibida 5 akademiya mavjud), muzeylar (Luvr muzeyi va b.), 60 dan ziyod teatr (jumladan, «GrandOpera», «Komedi Fransez»), konsert zallari, yirik ku-tubxonalar, kosmosni tadqiq qilish markazi, telemarkaz va b. bor. Shaharda sanoat va savdo birlashmalari, yirik mahalliy va xorijiy banklar, davlat maʼmuriy-boshqaruv idoralari, siyo-siy partiyalarning rahbarlik organlari va h. k. joylashgan. Har yili Parijda savdo yarmarkalari oʻtkaziladi. Parijda 1900 va 1924-y. larda 2 – va 8-olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan. Shahar atro-fida oʻrmonlar saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x