NOVGOROD

NOVGOROD — RFdagi shahar. Novgorod viloyati markazi. Volxov daryosining har ikkala sohilida, Ilmen koʻlidan 6 km. Moskva — SanktPeterburg avtomagistralida. T. y. tuguni. Pristan. Aholisi 232,4 ming kishi (1998). Shahar dastlab 859-y. ga mansub Novgorod I yilnomasida tilga olingan. Shar-qiy Yevropaning muhim savdo yoʻli oʻtgan yerda joylashgani uchun yirik savdo markazlaridan hisoblangan. 10-a. da hunarmandchilik rivojlangan. Novgorod 1136—1478-y. larda Novgorod feodal respublikasining markazi. Novgorodga moʻgʻullar istilosi davrida shikayet yet-magan, shuning uchun milliy madaniy boyliklar yaxshi saqlangan. Moskva knyazi Ivan III 1478-y. N. ni Moskva knyaz-ligiga koʻshib oldi. 1727—1927-y. larda Novgorod gubernyasining maʼmuriy markazi. 2-jahon urushi davrida sha-har jiddiy zarar koʻrdi. Shaharning koʻpchilik z-d va fkalari urushdan keyin qurilgan. Sanoati: mashinasozlik va metallsozlik (shu jumladan, radioelektronika sanoati), kimyo, yogʻochsozlik, oziq-ovqat, yengil sanoat. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi.

Shahar hududida qad. yodgorliklardan: Sofiya sobori (1045—50) va b. soborlar va cherkovlar saqlanib qolgan. Arxeologik qazishmalar natijasida sha-har qurilishi qoldiklari, yogʻoch qrplangan koʻchalar, moddiy madaniyat bu-yumlari, beresta yorliqlari topildi. 3 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, un-t), teatr, tarixiy-meʼmoriy muzey-qoʻriqxonasi bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x