IBN al-BAYTOR

IBN al-BAYTOR, Ziyouddin ibn Abdullo ibn Muhammad al-Maloqiy (? — 1248, Damashq) — oʻrta asr botanigi (nabotiy), farmakologi. Nabotot ilmini oʻrganib, Yunoniston va Misrga sayohat qilgan. Misr oʻsimlikshunoslari raisi qilib tayinlangan. Dorivor oʻsimliklar haqida arab tilidagi «Kitob ul-mugʻni fil-adviyat il-mufrad» («Nodir dorilar kitobi») va «Al-Mufradot, aladviya val-agʻziya» («Dorivor oʻsimliklar, dorilar va taomlar») asarlari bizgacha yetib kelgan. Ularni yozishda Dioskarid, Galen, Ibn Sino va b. olimlarning asarlaridan foydalangan. Jumladan, Ibn Sinoning «Yurak dorilari» risolasidagi barcha oddiy dorilarni (65 ta) oʻz asariga kiritgan, baʼzi oddiy yurak dorilarini Ibn Sino kashf etganligini yozadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x