Chaqaloqlar ko’nikmalari. Talim tarbiyasi

Madaniy ovqatlanish ko’nikmasi. Bu ko’nikma bolalarda muntazam takomillashtirilib boriladi.Bola tartib bilan ovqatlanishga, ovqatni yaxshilab chaynashga, qoshiqni o’ng qo’lda ushlashga o’rgatiladi. Bolalarga ovqatlanish jarayonida yonidagi o’rtog’ining idish-tovog’iga tegmaslik, ovqatlanib bo’lgandan so’ng stulini joyiga surib qo’yish kabi oddiy qoidalarga rioya qilish, 3 yoshga yaqinlashganda murakkab: o’yinchoqlarni yig’ishtirib, qo’lini 38 yuvib ovqatlanishga o’tirish, sochiqdan foydalana bilish, ovqatlanib bo’lgandan so’ng minnatdorchilik bildirchilik kabi murakkab bosqichlar o’rgatib boriladi.

Pokizalik madaniy-gigienik malakalari. Bolalar qo’l va yuzlarini yuvayotganlarida englarini shimarib, suvni sachratmay, sovundan to’g’ri foydalanishga, yuvinib bo’lgandan so’ng o’z sochiqlari bilan yuz -qo’llarini yaxshilab artishga va sochiqlarini o’z joyiga ilishga, zarur bo’lganda dastro’molchadan foydalanishga o’rgatib boriladi.

Orasta va tartibli bo’lish malakalari. Bolalarni kiyinish va echinish jarayonida mustaqil harakat qilishga undash. Kiyinish va echinish jarayonida tartibga rioya qilishga, avval kattalar ko’magida so’ngra mustaqil echinib-kiyinishga, kiyimlarini tartib bilan javoniga ilishga yoki taxlashga, tashqi ko’rinishida tartibsizlik bolsa, tartibga solish uchun kattalardan iltimos qilishni bilishga o’rgatish.

Tevarak-atrofda tartibni saqlash malakasi. Bolalarni engil xo’jalik mehnatini bajarishga jalb etish.Stullarni stollar atrofiga, non uchun likobchalar, salfetka idishlar, qosh iqlarn i stolla rga qo’yishni, qalamlar, taxtalar, lattachalarni mashg’ulot uchun taxt qilishni, o’yindan so’ng o’yinchoqlar, rasmlar, kitoblarni yig’ish tirishni, qushlar tokchalarini yuvishni, baliqlarni ovqatlantirishni, o’simliklarga suv quyishni, o’yinchoqlarni maydonchaga olib chiqishni, maydonchani yig’ishtirish (barg, cho’p, toshchalarni yig’ish)ni o’rgatish. Bolalarga kattalar, o’z guruhining tarbiyachisi, tarbiyachi yordamchisi bilan salomlashish, xayrlashish, ota-onalari ularni olgani kelganlarida salomlashish, iltimos, minnatdorchilik ma’nosini bildiruvchi so’zlar (rahmat, iltimos, marhamat qilib)ni o’z vaqtida aytish, kattalarning savollariga javob berishni o ‘rg atish . Bolalarda tengqurlari davrasida o’zini tuta olish malakasini shakllantirish. O’z o’rtoqlariga g’amxo’rlik qilish, e’tiborli bo’lish, yordam berishga undash lozim. Qo’pollik, qizg’anchiqlik, urushqoqlikka nisbatan salbiy munosabatni tarbiyalash. Oila, ko’cha, muassasada madaniy xulq-atvor qoidalariga rioya qilish (shoshmay, past ovozda gapirish, xonaga kirayotganda oyoq-39 kiyimlarni artish, salomlashish, hojatxona va yuvinish xonasida tartibga rioya qilish)ni o’rgatish. Pokizalik, orastalik, tartiblilikdan qoniqish hissini uyg’otish, kattalar iltimoslari va ko’rsatmalariga e’tiborli bo’lish, ularning iltiraosini darhol bajarishni o’rgatish. Bu malaka va ko’nikmalarni bolalarga o’rgatish hamda shakllantirishda, ularning ota -onalari bilan hamkorlikda ish olib bor- sangizgina yaxshi natijalarga erishishingiz mumkin. Guruhingizdagi bolalar egallagan ko’nikma va malakalar tahlilini quyidagi tartibda amalga oshirishni tavsiya etamiz.
Malaka va ko’nikmalarga to’liq ega bo’lgan bolalar.
Malaka va ko’nikmalarga qisman ega bo’lgan bolalar.
Malaka va ko’nikmalarga umuman ega bo’lmagan bolalar.
Shu tahlil asosida malaka va ko’nikmalarga qisman va umuman ega bo’lmagan bolalar bilan ishlash rejasi tuziladi, ota-onalar bilan ham korlikda ish olib borilib, barcha malaka va ko’nikmalar bolalarga o’rgatilib, shakllantiriladi. Bu yoshdagi bolalarga malaka va ko’nikmalar o’rgatishda sabr-toqat talab etiladi. Har bir malaka va ko’nikma bittalab, bir necha marta takrorlanib, tartib bilan ko’rsatilib mustahkamlanadi. Bu jarayon shirinso’zlik bilan, bolalar rag’batlantirilgan holda olib boriladi.

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x