NOVAYA SIBIR OROLLARI

NOVAYA SIBIR OROLLARI — Laptevlar va Sharqiy Sibir dengizlari orasidagi arxipelag. Saxa (Yakutiya) tarkibida. Mayd. 38 ming km2 ga yaqin. Novaya Sibir yoki Anju (29 ming km2), Lyaxov (6,1 ming km2), De-Long o. laridan iborat. Orollar mezozoy burmala-nishida paydo boʻlgan va asosan, paleozoy ohaktoshlari, mezozoy slaneslari, qumtoshlari va otqindi jinslardan tarkib topgan. Toʻrtlamchi davr allyuvial, koʻl-allyuvial, dengiz va muzlik yotqiziqlari keng tarqalgan. Relyefi, asosan, akkumulyativ tekislik, oʻrtacha bal. 60—80 m. Eng baland joyi 374 m (Kotelniy o. dagi Mala-katin-Tas togʻi).

Novaya sibir orollari iklimi nisbatan kontinen-tal Arktika sovuq iklimi. Qish 7—8 oy davom etadi, qor qoplami 9 oy erimay turadi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —28°dan — ZGgacha, iyulniki 1—3°. Yillik yogʻin 132 mm gacha. Yer osti (qazil-ma) muzliklari keng tarqalgan.

Tundra landshafti asosiy oʻrin tutadi. Shimol bugʻusi, boʻri, qutb tulkisi, oq ayiq, oq kaklik, lemming uchraydi. Dengizlarda morjlar, qoyali qirgʻoqlarda «qushlar bozori» bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x