MARKIZ OROLLARI

MARKIZ OROLLARI — Tinch okeanning markaziy qismidagi vulkan orollari guruhi, Polineziyatsa. Fransiya mulki. Mayd. 1049 km2. Eng yirik orollari: Nukuxiva va Xiva-Oa. Zamini bazalt va tuflardan tashkil topgan. Eng baland joyi 1259 m. Qirgʻoklari qoyali, tik. Iklimi tropik, passatli iqlim. Oʻrtacha oylik t-ra 22° dan past boʻlmaydi. Yiliga 1000 mm gacha, shamolga roʻpara yon bagʻirlarda esa 2500 mm gacha yogʻin yogʻadi. Orollar sernam tropik oʻrmonlar va butazorli savannalar bilan qoplangan. Kokos palmasi, paxta, banan, kofe plantatsiyalari bor. Baliq, marvarid va dengiz toshbaqasi ovlanadi. Turizm rivojlangan. Markiz orollarini 1595-y. da ispan dengizchi sayyohi A. Mendanyade-Neyra tadqiq etgan va Peru vitseqiroli markiz Mendosa sharafiga shunday atagan. Maʼmuriy markazi — Taioxae.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x