NOʻGʻAY TILI

NOʻGʻAY TILIturkiy tillar oilasiga mansub, Rossiya Federatsiyasining Chechen Respublikasida, Stavropol (jumladan, Qorachoy-Cherkes Respublikasi) va Krasnodar oʻlkalarining bir qator tumanlarida tarqalgan. Oqnoʻgʻ-ay, noʻgʻay, qoranoʻgʻay lahjalariga boʻlinadi. 60 mingga yaqin kishi soʻzla-shadi. Noʻgʻay tili fonetik va grammatik xususiyatlari bilan qozok. va qoraqalpoq tillariga oʻxshaydi, maye. umumturkiy «ch» va «sh» tovushlari Noʻgʻay tilida «sh» va «s»ga muvofiq keladi (N. t. dagi shiq va tas soʻzlari boshqa turkiy tillarda chiq va tash tarzida talaffuz etiladi). Adabiy Noʻgʻay tili 20-a. da shakllangan; uning taʼsirida dialektal farqlar yoʻqolib bormoqda. Yozuvi 1924—28 y. larda arab alifbosi, 1928—38 y. lardalotin alifbosi asosida boʻlgan; 1938-y. dan esa rus grafikasi asosidagi alifbodan foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x