LOʻLI TILI

LOʻLI TILI — loʻlilarning tili. Hind-yevropa tillari oilasining hindoriy guruhiga mansub. Loʻli tili hind-oriy tillari muhitidan ajralgan holda shakllanganligi tufayli yaqin, qardosh til guruhlaridan sezilarli farqqa ega, lekin koʻhna hind-oriy tillari lugʻaviy tarkibini saqlab qolgan, tipologik jihatdan oʻrta va yangi hind tillariga yaqin. Talaffuzda oʻziga xos jihatlar: jaranglilarning jarangsizlanishi (g>k, d>t, b>p), sirgʻalishning kuchsizlanishi, qorishiq tovushlarning susayishi (sh>s) va b. mavjud. Morfologiyasi uchun soʻz ketidan qoʻshiladigan qoʻshimchalarning yangi kelishik fleksiyasiga uchrashi, jonsiz — narsa otlarida tushum kelishigining shakli uchramasligi, kelasi zamon feʼlining murak-kab shakli va b. xos. Muntazam koʻchib yurish tufayli loʻlilar L. t. ning turli lahjalarida soʻzlashadi. Bundan tashqari, Loʻli tili loʻlilar yashaydigan hududlardagi mahalliy tillarning lugʻaviy, fonetik, sintaktik taʼsiriga uchragan. Sharq mamlakatlarida uzoq vaqt yashagan loʻlilarning tiliga sharqiy tillar, Gʻarb mamlakatlarida yashaganlarining tiliga esa gʻarbiy tillar sezilarli taʼsir etgan. Mas, Vizantiya hududidagi loʻlilar tilida Bolqon ya. o. idagi tillar uchun umumiy boʻlgan xususiyatlarni uchratish mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x