NATURA

NATURA (lot. natura — tabiat) — 1) inson xarakteri mijozi, axloqi;

2) pul oʻrniga toʻlangan mol, mahsulot (q. Ayirboshlash);

3) (tasviriy sanʼatda) rassom tomonidan tasvirlash uchun tanlangan voqelikdagi real obyektlar (tabiat koʻrinishi, odam, xayvon, buyum va h. k.). N. tanlash, kuzatish hamda uning talqinida ijodkorning gʻoyaviy-estetik qarashlari, maq-sadi namoyon boʻladi. Realistik tasviriy sanʼat asoslarini egallashda Natura asosiy manba hisoblanadi. Naturani kuzatish, uning tuzilishi va rasmini chizish orqali ras-som, haykaltarosh, meʼmor hayotni chuqurroq anglab, dunyoviy bilimlari kengayib, fazoviy tasavvuri ortib boradi. Naturadan ijodkor bevosita xayotiy chizgilar ishlashi, ularning etyud, eskizlari — xomaki rasmlar (koʻpincha manzara, portret, natyurmort va mavzuli kompozitsiyalar) yaratishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x