OZAR

OZAR (taxallusi; toʻliq nomi Lutf Alibek Ogʻoxon Begdiliy oʻgʻli) (1722 — 1780) — shoir va adabiyotshunos. Eronning Qum, Sheroz va Isfahon sh. larida yashab, fors tilida ijod etgan. Zamondoshi shoir Mir Sayd Ali Mushtoq taʼsirida sheʼrlar yozgan. «Vola», «Naghat» taxalluslari bilan ham asarlar yaratgan. Sheʼrlar devoni mavjud. «Yusuf va Zulayho», «Daftari noʻh osmon» kabi doston va tazkiralar muallifi. Mashhur asarlaridan biri «Otashkada» (1779) 2 kitobdan iborat boʻlib, unda 10—18-a. larda Eron, Movarounnahr va Hindistonda yashab ijod etgan 842 shoir hayoti va ijodi haqida maʼlumot berilgan, ularning asarlaridan namunalar keltirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x