ODILOV Sobir Rahimovich

ODILOV Sobir Rahimovich (1932.1.3, — Toshkent — 2002.18.7) — meʼmor, Odilov oʻzbek meʼmorligi va monumental sanʼatini rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan binokor (1967). Oʻrta Osiyo politexnika in-tini tugatgan (1955). Olmaliq sh. (1955—61) va Toshkent viloyati (1962—66) bosh meʼmori, Toshkent sh. bosh meʼmori (1970—84, 1990—91), «Oʻzbekdavlatqurilish» qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (1975—85; 1990 —91). Oʻzbekiston madaniyat yodgorliklarini taʼmirlash i. t. va loyihalash in-tida boʻlim mudiri (1986), direktori (1989). Toshkent sh. bosh plani va Andijon, Jizzax markaz loyihalari (1970, 1980) muallifi. Odilov rahbarligida 80 dan ortiq loyiha (maydon, turar joy, haykal va b.) yaratilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x