NASTIYA

NASTIYA (yun. nastos — zich, tarang) — oʻsimlik barglari, gulbarglari va b. qismlarining tashqi omillar (yorugʻlik, harorat va b.) taʼsirida harakat qilishi. Nastiya hujayralarning notekis oʻsishi yeki ulardagi taranglik holatining turlicha oʻzgarishi natijasida sodir boʻladi. Epinastiyada oʻsimlikning uchki qismi tez oʻsadi (Mas, kurtak yoki gʻuncha ochganda), gipona-stiyada esa pastki qismi tez oʻsadi (Mas, gullash tugagandan keyin gul qoplamining tutashib ketishi). Taʼsir etadigan omillarga koʻra, fotonas-tiya (yorugʻlik taʼsirida), termonastiya (harorat oʻzgarganda), niktinastiya (kun bilan tun almashganda), seysmonastiya (mexanik taʼsir yoki tebranish taʼsirida), xemonastiya (baʼzi moddalar taʼsirida) farq qilinadi. Oʻsimliklarning hasharotlar yordamida chetdan changlanishida, gulni noqulay sharoitdan qimoya qilishda va b. xrllarda Nastiyaning ahamiyati katta.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x