RECHITATIV

RECHITATIV (ital. recitare — ovoz chiqarib oʻqimoq) — oddiy yoki badiiy nutk, intonatsiyasn va ritmikasini ifodalashga asoslangan vokal musiqa turi. Odatda, Rechitativ matn tuzilishini aks ettirib tugal musiqa shaklini tashkil etmaydi. Uning kelib chiqishi xalqmusiqiy epik janrlari (doston, qissaxonlik kabi) bilan bogʻliq. Kompozitorlik ijodiyotida Rechitativ avvalo opera janrida keng qoʻllaniladi. Uning imkoniyatlari, shuningdek, kantata, oratoriya, romans va b. janrlarda oʻz aksini topgan. Oʻzbek musiqa merosining doston, katta ashula, ramazon, zikr, marsiya kabi janrlarida Rechitativ unsurlari ustuvor oʻrin tutadi. Oʻzbek kompozitorlari yaratgan musiqali drama, opera va b. asarlarning yetuk namunalarida doston, katta ashula kabi janrlarga xos Rechitativ xususiyatlar ham uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x