MUSTANG

MUSTANG (ispancha mustango) — xonaki otlarning yovvoyilashgan avlodi. Yevropaliklarning istilosidan keyin ular Shim. Amerikaga keltirgan xonaki otlarning yovvoyilashuvidan kelib chiqqan. Egasiz qolgan, qoʻralardan chiqib ketgan otlar hosildor yaylovlar — preriyalarda yovvoyilashib, kattakatta uyurlarga aylangan. Mahalliy aholi M. larni goʻshti, terisi uchun ovlagan, qoʻlga oʻrgatgan. 18—19-a. larda ularning soni 4 mln. ga yetgan. Mustang 20-a. ga kelib bir necha oʻn ming nafargacha kamayib ketgan. Avstraliyada ham yovvoyilashgan yilqilar — brambi (Avstraliya mustangi) saqlanib qolgan. Amerika va Avstraliyada Mustanglar yashaydigan hududlar qoʻriqxonalarga aylantirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x