MUTATSIONIZM

MUTATSIONIZM — yirik oʻzgarishlar tufayli evolyutsiyani sakrash yoʻli bilan sodir boʻladigan jarayon sifatida qaraydigan biol. dagi konsepsiya. M. ning asoschisi evolyutsiyaning mutatsion nazariyasini yaratgan X. De Friz hisoblanadi. Mutatsionizmga binoan makromutatsiyalar yoki saltatsiyalar deb atalgan yirik oʻzgarishlar boshlangʻich tur individlarida vujudga kelib, yangi hayotiy formalarni hosil qiladi. Bu formalar muhitning qulay sharoitlarida yangi turlarning boshlangʻich manbai sifatida namoyon boʻladi. Mutatsionizm irsiy oʻzgarishni evolyutsiyaning harakatla-nuvchi bosh kuchi sifatida tan oladi; tabiiy tanlanishning vazifasi mutatsiya tufayli vujudga kelgan turlarni saqlab qolib, muhit sharoitiga mos kelmaydiganlarini nobud etishdan iborat, deb hisoblaydi. Bunday dunyoqarashlar preadaptatsion (L. Keno va Ch. Devenpor), saltatsion (R. Goldshmidt), gibridogenez (Ya. Lotsi) kabi nazariyalarning ham asosini tashkil etadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x