MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDOʻSTLIGI IKTISODIY ITTIFOQI

MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDOʻSTLIGI IKTISODIY ITTIFOQI — SSSRdan ajralib chiqqan davlatlarning iqtisodiy ittifoqi. Iqtisodiy ittifoq toʻgʻrisidagi shartnomaga koʻra 1993-y. da tashkil etilgan. Tovarlar, xizmatlar, kapitallar va ishchi kuchini erkin koʻchib yurishini, oʻzaro kelishilgan pul-kredit, byudjet, soliq, narx, tashqi iqtisodiy faoliyat, bojxona, valyuta siyosatini olib borish, umumiy statistika bazasiga amal qilish va b. ni nazarda tutadi.

Ittifoqning maqsadlari: MDH doirasida xalqaro majburiyatlarga qatiy rioya qilish; aholining turmush darajasini koʻtarishda aʼzo davlatlarning manfaatlariga mos ravishda barqaror iqtisodiy rivojlanish sharoitlarini yaratish; bozor munosabatlari negizida bosqichma-bosqich umumiy iqtisodiy makonni barpo etish; xoʻjalik yurituvchi subyektlar, tadbirkorlar uchun teng imkoniyatlar va ka-folatlar yaratish; umumiy manfaatli boʻlgan iqtisodiy loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish, ekologiya muammolarini birgalikda hal etish, tabiiy ofatlar oqibatlarini tugatishda hamkorlik. Aʼzo davlatlar xukumat boshliklari oʻrinbosarlaridan iborat Xa-lqaro iqtisodiy koʻmita Ittifoq ishini muvofiqlashtirib boradi va uning doimiy ishlovchi organi hisoblanadi. Shtab-kvartirasi Minsk sh. da.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x