MUSULMONQUL

MUSULMONQUL (taxm. 1794— 1852) — Qoʻqon xonlmgidagi qipchoqlar rahbari. 1844-y. gacha Andijonda qoʻshinlar boshligʻi (botirboshi). 1847-y. dan ming-boshi. Qoʻqonni Buxoro amiri Nasrullaxon hujumidan mudofaa etish raxbarlaridan biri (1842). Qoʻqon xoni Sheralixonniit soliq siyesatiga qarshi xonlikning qator tumanlarida qoʻzgʻolonlar koʻtarilgan. 1845-y. Oʻshdagi qoʻzgʻolonni bostirish uchun Musulmonqul yuborilgan. Uning yoʻqligidan foydalangan Murod (Olimxonning oʻgʻli) Sheralixonni oʻldirib, oʻzini xon hamda Buxoro amirining noibi deb eʼlon qilgan. Qoʻqonliklar bundan norozi boʻlib, uni qoʻllab-quvvatlamaganlar. Musulmonqul bu vo-qealardan xabardor boʻlib, qizini Sheralixonning oʻgʻli Xudoyorxonga turmushga beradi va u bilan birga Qoʻqonga kelib, bir necha kungina xon boʻlgan Murodni oʻldiradi, yosh Xudoyor xon deb eʼlon kdlinadi. Musulmonqul esa muvaqqat xrkim boʻladi. Shu davrdan boshlab Qoʻqonda faqat qipchokdar toʻdasining hukmronligi boshlanadi. Musulmonqul xonning yoshligidan foydalanib xonlikni deyarli mustaqil ravishda oʻzi boshqaradi. 1852-y. fargʻonalik mulkdorlar toshkentliklar yordamida qipchokdar xrkimiyatiga qarshi qurolli kurash boshlashgan. Bilqillama (Fargʻonaning sharqida) jangida qipchoqlar yengilgan. Musulmonqul shu jangda oʻldirilgan.

Ad.: Bobobekov h., KOʻqon tarixi, T., 1996; Beysembiyev T. K., «Tarixi – i LLJaxruxi» kak istoricheskiy istochnik, Alma-Ata, 1987.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x