MUSOVOT

«MUSOVOT» (arab. — tenglik) — Ozarbayjondagi taraqqiyparvarlar tashkil qilgan milliy partiya (1911 — 1920). Ganja va Boku sh. larida tuzilgan, dastlab «Musovot musulmon demokratik partiyasi» nomi bilan yashirin faoliyat koʻrsatgan. Asosan ziyolilar, milliy burjuaziya vakillari va ulamolardan iborat boʻlgan. Partiyaning gʻoyaviy rahbari va tashkilotchisi M. Rasulzoda, nashri dastlab «Ochiq soʻz», keyinchalik «Istiklol» va «Nash put» gaz. lari. Shiorlari — turklashmoq, islomlashmoq, zamonaviylashmoq boʻlgan. Musovotchilar b-n Turkistondagi taraqqiyparvarlar oʻrtasida aloqalar mavjud edi. Okt. toʻntarishidan soʻng «Musovot» ozarbayjon xalqining mustaqillik uchun kurashiga rahbarlik qildi. 1918-y. sent. da Bokuni qizil askarlardan ozod qilib, hokimiyat tepasiga kelgan musovotchilar politsiya, armiya va boshqaruv apparatini tashkil etishdi. Turkiya bilan harbiy va siyosiy itti-foq tuzilib, turk qoʻshinlari mamlakatga kiritildi. Biroq mintaqada bolsheviklar taʼsirining kuchayishi oqibatida «Musovot»chilar hukumati faoliyati zaiflashdi. 1920-y. 28 apr. da Ozarbayjon Respublikasi kizil askarlar tomonidan agʻdarib tashlandi va sovet rejimi oʻrnatildi. Partiya faollari qamoqqa olindi. Ozodlikda qolganlari yashirin faoliyat koʻrsatib, keyinchalik xorijga ketishga majbur boʻldi. Ad.: Istoriya natsionalnыx politicheskix partiy Rossii, Musovot, 1997.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x