MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDOʻSTLIGI

MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDOʻSTLIGI (MDH) — davlatlararo tashkilot. 1991-y. 8 dek. da Minskda Belorussiya, Rossiya, Ukraina tomonidan tuzilgan. Ana shu davlat rahbarlari imzo chekkan Bitimda SSSR chuqur tanazzulga uchrab parchalanib ketish natijasida yoʻq boʻlganligi qayd qilindi, uchala davlat siyosiy, iktisodiy, gumanitar, madaniy va b. sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga intilishini bayon etdi. 1991-y. 21 dek. da Bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston koʻshildi, ular Belorussiya, Rossiya va Ukraina bilan birga MDHning maqsad va qoidalari toʻgʻrisidagi Deklaratsiyaga Olmaota sh. da imzo chekdilar. 1993-y. MDHga Gruziya qoʻshiddi. 1993-y. MDH Ustavi qabul qilindi, u davlatlarning inson huquklari va erkinliklarini taʼminlash, tashki siyosiy faoliyatini muvofiklashtirish, umumiy iqtisodiy makonni vujudga keltirish, transport va aloqa tizimlarini rivojlantirish, aholi sogʻligʻi va atrof mu-hitni muhofaza qilish, ijtimoiy masalalar va immigratsiya siyosati, uyushgan jinoyatchilikka karshi kurash, mudofaa siyosatida hamkorlik qilish va tashqi chegaralarni qoʻriklashda birgalikda faoliyat yuritishni nazarda tutadi. MDH haqiqiy aʼzolari bilan birga qatnashuvchi aʼzolar boʻlishi mumkin. kilingan: Davlat boshliklari kengashi, Hukumat boshliklari kengashi, Tashki ishlar vazirlari kengashi, Davlatlararo iktisodiy koʻmita, markazi SanktPeterburgda boʻlgan Parlamentlararo assambleya va b. MDHning doimiy ishlovchi organi Minsk sh. da joylashgan Muvofiqlashtiruvchimaslahat qoʻmita hisoblanadi. Uning qoshida doimiy kotibiyat ishlaydi. Davlat boshliqlari kengashi 1 y. da kamida 2-marta oʻtkaziladi. fuqarolik urushi kelib chiqishining oldini oldi, mamlakatlarni bosqichmabosqich xalqaro munosabatlar tizimiga kirib, mustaqilliklari, suverenitetini mustahkamlashga koʻmak berdi. MDH oʻz faoliyati davomida haddan ta-shqari koʻp qarorlar qabul qildi-yu, lekin aksariyat hollarda ularning kupi bajarilmadi. Hozir MDH ga kiruvchi davlatlarning aholisi 283 mln. kishini tashkil etadi. Bu aholining 120,5 mln. iqtisodiyotda mashgʻuldir. Ularning 29,4 foizi sanoat va qurilishda, 21,5 foizi q. x., oʻrmon va baliqchilik sohasida ishlaydi.

Oʻzbekiston oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda MDHda ishtirok etmoqda. U MDHga davlatlar ustidan tuzilgan tashkilot sifatida emas, balki mustaqil davlatlarning harakatlarini muvofiklashtiruvchi organ sifatida qaraydi. MDH hududida davlatlarning teng huquqligi asosida yagona iqtisodiy makonni yaratish, tashkilotda umuman iqtisodiy munosabatlarning ustuvorligiga erishish, davlatlar oʻrtasida savdoiqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun harakat qiladi.

Ad.: Oʻzbekistonda politologiya [2001-y. 18 okt. da Toshkent sh. da oʻtkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari], T., 2002; Neshatayeva T. N., Mejdunarodnыye organizatsii i pravo. Novыye tendensii v mejdunarodno-pravovom regulirovanii, Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi, 1999.

Sayfiddin Joʻrayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x