MUSO SAYRAMIY

MUSO SAYRAMIY, Mulla Muso ibn Mulla Isoxoʻja Sayramiy (1836.23.8, Sayram tumani, Sharqiy Turkiston — 1917) — tarixchi, davlat arbobi, mudarris, adib va shoir. Muso Sayramiy uygʻur olimi Mulla Usmon oxund xalfadan Qurʼon, hadis, tarix, adabiyot, ilmi nujum, geogr., arab va fors tillarini oʻrgangan. «Mulla Muso», «Bola mulla», «Mulla abjad» nomlari hamda «Sayramiy» taxallusi bilan shuhrat qozongan. 19-a. ning oʻrtalarida Sharqiy Turkistonda tashkil toptan uygʻur davlati maʼmuriyatida har xil lavozimlarda ishlagan. Muso Sayramiy «Tazkiratul-avliyo, fi muftaxul imon» («Avliyolar tazkirasi — imon kaliti», 1885), «Dar bayoni As-hobul qahf» («Gʻor kishilari haqida», 1903), «Tarixi Aminiya» (1903), «Tarixi Hamidiya» (1908) kabi tarixiy asarlar va «Devoni masnaviy» (1907) sheʼrlar toʻplami, «Salomnoma» (1916) nomli asarlar muallifi. «Tarixi Aminiya» asarida Turkiston — Moʻgʻulistonda hukm surgan xonliklar va xonlar, Yorkend xonligi (1465 — 1759), uni Manjur-Xitoylar tomonidan bosib olinishi, yerli aholining mustaqillik uchun kurashlari hikoya qilingan. Muso Sayramiy asarlari Turkistonning 14—19-a. lar tarixini oʻrganishda mu-him manba hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x