MUSAYEV Ulugʻbek Razzoqovich

MUSAYEV Ulugʻbek Razzoqovich (1948.12.9, Urganch — 2002.5.6, Toshkent) — kompozitor, Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1981). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1972). Urganch (1973—75), Toshkent (1975—80) musiqa bilim yurtida oʻqituvchi, Uzbekiston kompozitorlar uyushmasi boshqaruv kotibi (1982—92), raisi (1992—95). «Tantana» simfonik poemasi, fortepiano va orkestr uchun poemalari, kamercholgʻu asarlari, «Mangulik» va «Robiya» operalari, xor asarlari, romans va qoʻshiqlar muallifi. Ayniqsa, baletlari mashhur: «Hind dostoni» Moskvadagi Katta teatr (1981)da, «Toʻmaris» Qirgʻiz opera va balet teatri (1982)da sahnalashtirilgan. Musiqa uslubi orkestr vositalarining yorqinligi, dramaturgik mahorati, obrazlarning rangbarangligi bilan ajralib turadi. Hamza nomidagi Uzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x