MUSICHA

MUSICHA (Streptopelia senegalensis) — kaptarsimonlar oilasi gʻurraklar urugʻiga mansub qush. Dumi uzun, boshqa kaptarsimonlarga nisbatan kichik. Tanasining orqa tomonidagi patlari bir xil kulrang, boʻyni orqasida qora rangli yarim halqasi bor. Urugning boshqa turlaridan gavdasining kichikligi (uz. 14— 30 sm), daraxtlar shoxiga in qurmasligi b-n farq qiladi. Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan, turar joylar yaqinida yashaydi. Binolarning boʻgʻotlariga in quradi, 2—3 ta tuxum qoʻyadi. Bir yilda bir necha marta bola ochadi. Oʻtroqyashaydi. Oʻsimliklar urugʻi, jumladan, don va non uvoqlari bilan oziklanadi.

2 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x