MUSABOYEV Isʼhoq Qurbonovich

MUSABOYEV Isʼhoq Qurbonovich (1910.22.10, Fargʻona viloyatining Novkat qishlogʻi) — infeksionist olim, Oʻzbekiston FA akad. (1966), Oʻzbekiston (1955) va Qoraqalpogʻistonda (1965) xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1944). 2-jahon urushi qatnashchisi. SamTI ni tugatgan (1935). Shu in-t yuqumli kasalliklar kafedrasida assisent (1938 — 41), dotsent (1944—49), mudir va shahar infeksion kasaliklar klinik kasalxonasi bosh vrachi (1949—51). Toshkent vrachlar malakasini oshirish in-ti infeksion kasalliklar kafedrasi mudiri (1951—88), ilmiy maslahatchi (1988-y. dan). Ayni vaqtda Oʻzbekiston epidemiologiya, mikrobiologiya va infeksion kasalliklar i. t institutida ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1962—70), mazkur in-tning asosiy tashkilotchilaridan. Ilmiy ishlari Markaziy Osiyoda keng Tapkalgan meʼda-ichak sistemasida uchraydigan infeksion kasalliklarning patogenezi, klinik xususiyatlari, davolash va oldini olish muammolariga bagʻishlangan. Rossiya tibbiyot FA muxbir aʼzosi (1961), Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1990).

As: Profilaktika, klinika, diagnostika i lecheniye difterii, T., 1984; Oʻzbekiston Respublikasida vabo kasalligiga karshi oʻtkazilgan tadbirlar (hamkorlikda), 1984; Differensialnaya diagnostika gepatitov A, V, S, D, Ye. T., 1999; Iskusstvo, metodы vrachevaniya i differensialnaya diagnostika, T., 1999; Gepatit S (etiologiya, epidemiologiya, patogenez, klinika, lecheniye, profilaktika), T., 2000.

Ad.: Baxtiyor Omon, Alijon Zohidiy, Umr daftari, T., 2000.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x