MUSABOYEV Muxtor Nabiyevich

MUSABOYEV Muxtor Nabiyevich (1929.21.11, Fargona tumani) — haykaltarosh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1976). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1950—55) va Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-ti (1957—63) da taʼlim olgan. Musaboyev ijodida realistik uslubga qatʼiy amal qilgan holda kompozitsiyasi aniq, real nafis shakl, gʻoyaviy yorqin asarlar yaratish, hayotiy lavhalar, mehnatkashlar qiyofasini tasvirlash alohida oʻrin tutadi: Usta Shirin Murodov (marmar, 1964, Toshkentda), Ulugʻbek (granit, 1968, Samarqandda), Beruniy (bronza, 1973, Toshkentda), Al-Xorazmiy (bronza, 1978 — 81, Urganchda) portretlari, «Doʻstlik» monumenti (bronza, granit, 1987, Nukusda) va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x