MUQOVA

MUQOVA — kitob, albom, jurnal, daftar va sh. k. ni yaxlit qilib biriktirib turuvchi ustki qismi. Muqovada nashrning nomi, mualliflari yoziladi, turli bezaklar ishlanadi. Muqova kitob blokini kay darajada ushlab turishiga karab, old va orka, tub (korishok) tomonlarga ajraladi. Muqovaning juzlangan varaklar sarbandiga biriktirilgan qismi Muqova sarbandi deyiladi. Muqova tomonlari karton va b. xom ash-yolardan tayyorlanib, sirtiga charm, qogʻoz, mato va b. siriladi; ichiga qogʻoz yopishtirilib kitob blokiga birlashtiriladi. Muqovalar yupqa, qattiq (qalin), yumshoq boʻlishi mumkin. Yupqa M. qogʻozdan iborat boʻlib, uni tayyorlash nisbatan oson va arzon boʻlganligi uchun, odatda ommaviy kitoblar, risola, jur. larda foydalaniladi. Qalin Muqova mustahkam boʻlib (1—9 raqamli turlarga ega), kitob va nashrlarni yaxshi saqlanishini taʼminlaydi. Bulardan 5 – va 7raqamli Muqovalar keng ishlatiladi. 5raqamli Muqovada tomonlari (karton)ga qogʻoz sirilib, Muqova sarbandida alohida material (mato) bilan ulanadi; darsliklar, siyosiy, ilmiy, adabiy asarlarda koʻp qoʻllanadi. 7raqamli Muqovada tomonlariga sirilgan material (charm, liderin va b.) M. sarbandi bilan yaxlit tutashib ketadi; ensiklopediyalar, yirik ilmiy va badiiy asarlar nashrida qoʻllanadi. Yumshoq Muqovada karton oʻrniga qalin bukiluvchan qogʻoz ishlatiladi. Muqova yaxshi saqlanishi uchun jild (superoblojka) kiygiziladi.

Oʻzbekiston hududida qadimdan qoʻlyozma kitoblar tayyorlash rivojlangan. Bu qoʻlyozma kitoblar Muqovasi, asosan charm, shuningdek, qogʻoz, matodan tayyorlangan. Muqovaga yozuvlar bitilmagan. Muqova markaziga vertikal chiziq boʻylab yirik va mayda turunj (medalyon)lar joylashgan, atrofi nafis islimiy naqshlar bilan hoshiyalangan. Kitob Muqova larini shu usulda bezash 20-a. gacha davom etgan (yana q. Muqovasozlik).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x