MUOMALA

MUOMALA (iqtisodiyotda) — mehnat mahsulotlarini oldisotdi vositasida ayirboshlash. Tovar xoʻjaligi uchun xos. Muomala bevosita ayirboshlashpzm pul vositachiligi bilan farq qiladi. Muomala ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida, natural xoʻjalik asosida tovar xoʻjaligining paydo boʻlishi bilan boshlangan. Almashuv uchun maqsulot (tovar) i. ch. shakllana boshlagach, almashuvga zaruriyat tugʻilgan, natijada Muomala kelib chiqqan. Tovarlarning oddiy, bevosita almashuvi (T—T)dan farkli ravishda Muomalada tomonlar pul orqali bogʻlanadilar (T — P—T). Almashuv ishtirokchilaridan birining qoʻliga oʻtgan pul maʼlum vaqtdan soʻng tovarlar va xizmatlar sotib olishga sarflanadi, jarayon toʻxtovsiz davom etadi. Mex. nat mahsullarining tovarga aylanishi Muomalaning kelib chiqishiga shart-sharoit yaratadi. Qiymatning pul shakli kelib chiqishi natijasida Muomala funksional mustaqillik kasb etdi. Dastlabki bosqichlarda tovar Muomalasi mahalliy bozorlar doirasida cheklangan edi. Ijtimoiy mehnat taqsimotinint chuqurlashuvi, tovar—pul munosabatlarining kengay-ishi natijasida yagona ichki bozor va jahon bozori shakllandi. Keyinchalik tovar Muomalasi rivojlanib, tovarlarni yetkazib berish vaqti ularning qiymatini qoplash vaqtidan farq qila boshladi. Yirik mashinalashgan i. ch. moddiytexnika asosining shakllanishi kredit, keyinchalik qimmatli qogʻozlar M. sini rivojlantirdi.

Muomala ijtimoiy mahsulotni i. ch. dan isteʼmolga yoʻnaltirishda alohida vazifalarni bajaradi. Muomala sohasida tovar ishlab chiqaruvchilarning abstrakt mehnati oʻzining ijtimoiy bahosini oladi, zarur mehnat vositalari va buyumlarini sotib olish orqali i. ch. ning yangi sikli uchun sharoit yaratiladi, tayyor mahsulot isteʼmol fazasiga yekazib beriladi, aholining talab darajasi aniqlanadi.

Nuriddin Yoʻldoshev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x