MASHINA VAQTI

MASHINA VAQTImashina [agregat, apparat, stanok, transport vositasi, EHM (kompyuter)] yordamida mehnat predmeti yoki axborotning shakli, holati yoki hajmi oʻzgarishini amalga oshirish yoki transport vositasining muayyan yoʻlni bosib oʻtishi uchun bevosita ketgan vaqt. «Mashina vaqti» tushunchasi, odatda, mashinadan foydalanish va texnologiyani joriy qilish samaradorligini tahlil qilishda, mehnatni meʼyorlashda qoʻllaniladi. Mashina vaqti mi-nutlar va baʼzan soatlarda oʻlchanadi, hisoblagichlar, xronometraj va fotografiya yordamida tanlama usulda hisobga olinadi. Mashina vaqti texnologik jarayonning turiga, xom ashyo va materiallarning sifatiga, mashinaning xiliga, mehnatning mexanizatsiyalashtirilishi va avtomatlashtirilishi darajasiga, transport vositalari uchun yoʻlning sifati va b. omillarga bogʻliq boʻladi. Ishlab chikarish jarayonlarini jadallashtirish, ilgor texnikani joriy qilish, i. ch. da fantexnika yutuklaridan foydalanish va b. tadbirlar natijasida ayrim opera-siyalarni bajarish uchun sarflanadigan Mashina vaqti qisqaradi. Yordamchi jarayonlarni qisqartirish hisobiga mashinaning umumiy ish balansida Mashina vaqti ulushini oshirish mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x