MUNJON

MUNJON, Minjon — Badaxshon tarixiy viloyatidagi rustoq. Hindukush togʻlarida, Badaxshonning Kofiriston b-n chegara hududida joylashgan. Munjon rustogi Ibn al-Faqih asarida 826—827-y. larda tohiriylardan Abdulloh ibn Tohirga xiroj toʻlagan Toxariston viloyatlari qatorida almizjon yoxud alMuttajon shaklida qayd etilgan.

«Munjon» atamasi Badaxshondagi eng qad. nomlardan hisoblanadi. Mil. av. 1ming yillik oʻrtalarida qad. hind adibi Panini Munjayon mamlakati va «Munji» qabila birlashmasini qayd etib oʻtgan. 7-a. ning 1-yarmida Syuan-Szan bu mulkni Munki-yen shaklida keltirgan. Uning maʼlumotiga koʻra, M. Xu mulki (yaʼni Qunduz)dan sharqsa joylashgan.

Munjon rustogʻi oʻzining qad. nomini hozirgacha saklab qolgan boʻlib, u Kishm va Jirm oʻrtasida joylashib, maʼmuriy jihatdan Zeyboqqa qaraydi. Munjonning iqlimi sovuq, aholisi oq yuzli, asosan, toʻqimachilik bilan shugʻullanadi. 19-a. da Munjon aholisi Kofiristondan Badax-shonga muntazam suratda bosqinchilik qilib turgan «kofirlar» bilan urush olib borganlar. Munjon chegarasida rabot qurilgan boʻlib, u M. vodiysini dushmanlar hujumidan muhofaza qilib turgan.

Javli Tursunov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x