MUHAMMADIY

MUHAMMADIY, Ustod Muhammadiy (16-a.) — musavvir. Sulton Muhammadnint oʻgʻli. Nafis sanʼatni otasidan oʻrgangan; Kamoliddin Behzod anʼanalarini davom ettirib oʻziga xos badiiy uslub yaratdi. Inson, hayvonotni hayotiy, manzarani batafsil tasvirlagan: «Shahzoda tasviri» (Bostondagi Golobo majmuasida, AQSH), «Sharafnoma» (asar qoʻlyozmasidagi «Shahzoda» rasmi), Nizomiyning «Xamsa»siga ishlangan miniatyuralar, «Darvish va dehqonlar» asari (Luvrda) va b. Zamondosh mutaxassislarning taʼkidlashicha, Muhammadiy asarlarida demokratik anʼanalar, dunyoviy va hayotiy lavhalar, oddiy kishilar hayotining real tasviri oʻz aksini topgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x