MUHIDDINOV

MUHIDDINOV Qoʻrqmas (1946.20.3, Yangiyoʻl sh.) — opera xonandasi (bas). Oʻzbekiston xalqartisti (1986). Moskva konservatoriyasini tugatgan (1975). 1975-y. dan1 Navoiy nomidagi opera va balet teatrida yakkaxon xonanda. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida kafedra mudiri, dotsent (2002-y. dan). Muhiddinov oʻzbek teatrida Yevropa mumtoz operalaridagi asosiy partiyalarni ijro etuvchi yetakchi opera solisti. Chet el operalarida rus, ingliz va italyan tillarida asosiy partiyalarni mahorat bilan ijro etgan. Galiskiy («Knyaz Igor»), Xon Boboxon («Tohir va Zuhra»), General-gubernator («Boʻron»), Mefistofel («Faust»), Boris Godunov, Pimen («Boris Godunov»), Don Bazilio («Sevilya sartaroshi»), Ara-stu («Sugʻd elining qoploni»), Monterone («Rigoletto»), Ramfis («Aida»), Qirol Rene («Iolanta»), Pyotr («Pyotr I»), Qozi («Maysaraning ishi»), Muxammad Sayd («Zebunniso»), Yunon elchisi («Buyuk Temur») va b. M. sahnada yaratgan asosiy obrazlaridan. Konsert-ijrochilik sohasida ham faol qatnashmoqda. Zamonamizning eng kuchli opera ijrochilaridan boʻlib, keng diapazondagi ovozi, musiqada soʻzlarning donadona ifoda etilishi, ijroda hisʼhayajon, yuqori bas, yoqimli tembri bilan ajralib turadi. Germaniya, Finlyandiya, Chexoslovakiya, Rossiya va b. mamlakatlar sahnalarida oʻzbek va jahon operasini namoyish etgan. Hamza nomidagi Uzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x