MUHAMMAD KOZIM

MUHAMMAD KOZIM (1720/21, Marv — 1753) — Eron tarixchisi, vazir, Nodirshohning akasi Ibrohimxon saroyidagi amaldor oilasida tugʻilgan. Otasi va Muhammad Kozim Nodirshoh va uning oʻgʻillari saroyida xizmat qilishgan. M. K. Nodirshohning katta oʻgʻli Rizoquli Mirzo saroyida lashkarnavis (1739 — 41) boʻlib, Nodirshoh saroyida devon xizmatchisi (1744—47) va 1747-y. Marvdagi qurol-aslaha vaziri boʻlgan. Nodirshohning harbiy yurishlarida qatnashgan hamda uning turli topshiriqlarini bajargan xonga yaqin toʻralardan biri hisoblangan. Muhammad Kozim «Nomai olamaroi Nodiri» («Mashhur Nodir-shohga bagʻishlangan risola») nomli asar muallifi. Asar 3 jilddan iborat. 1jidd — Erondagi asosiy voqealar, 1689—1736-y. lardagi Nodirshohning tugʻilganidan to Eron shohi etib saylangan davrigacha mamlakatning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti bayon etilgan. 2jild — Eron, Afgʻoniston, Oʻrta Osiyo, Shim. Hindiston va b. mamlakatlardagi voqealarni (1736—43) (Nodirshohning taxtga oʻtirishidan, Shirvondagi qoʻzgʻolonning bostirilishigacha boʻlgan davrni) oʻz ichiga oladi. 3jild — Eron, Oʻrta Osiyo, Turkiya va Zakavkazyedagi siyosiy voqealar yoritilgan (1743—47). Muhammad Kozimning asari Eron va Oʻrta Osiyoning 18-a. yarmiga oid muhim manbadir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x