Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Homid Imom Shoshiy


Post Views:
100

Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Homid Shoshiy (397/ 1007-485/1092) imom, alloma, faqih bo‘lib, Shoshda tug‘ilgan. O‘z yurtida fiqh ilmini Abu Bakr Sanjiydan o‘rgangan. Undan ko‘p kishilar fiqh ilmidan saboq olishgan. Tarixchi Abu Saʼd Samʼoniyning aytishicha, «Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Homid Faqih Marvda bo‘lib, mening bobom Imom Abulmuzaffar Samʼoniyning asʼhoblaridan edi. U taqvodor, zohid, pok qalbli va doimo ilm bilan mashg‘ul bo‘lgan».

Abu Bakr Homid Shoshiy fiqh ilmida shuhrat qozonib, “Imom” darajasiga yetishgan. Uni G‘azna sultoni o‘z shahriga taklif qilib, izzat-ikrom bilan kutib olgan. Manbalarda Abu Bakr Homid Shoshiy G‘aznada yashab, farzandlar ko‘rgan hamda asarlar yozganligi haqida aniq maʼlumotlar bor.

So‘ngra uni buyuk vazir Nizom al-Mulk Hirotga chorlagan. G‘azna ahli uni oilasi bilan Hirotga hurmat bilan kuzatgan. U Hirotdagi “Nizomiya” madrasasida mudarrislik qilgan.

Bu yerda u Abu Saʼid Haysam ibn Kulayb Shoshiyning shogirdi Mansur Kog‘aziydan hadis ilmini o‘rgangan.

U 485/1092 yil shavvol oyining 6-kuni Hirotda vafot etgan. Bu sanani mashhur tarixchi Abu Saʼd Samʼoniy qayd etib, shunday yozgan: «Men Hirotda uning qabrini ziyorat qildim».

Neʼmatullo Muhamedov,
Shosh vohasi olimlarining ilmiy-maʼnaviy merosi”

Manba

https://shosh.uz/uz/abu-bakr-muhammad-ibn-ali-ibn-homid-imom-shoshiy/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x