MUHAMMADRASUL RASULIY

MUHAMMADRASUL RASULIY (1884 — Toshkent — 1935) — oʻzbek maʼri-fatparvari, pedagog. Toshkentdagi Beklarbegi madrasasida oʻqigan. 1907-y. dan rus-tuzem maktablarida dars bergan. 1917-y. dan keyin maktablarda oʻqituvchilik qilgan, savodsizlikni tugatishda faol ishtirok etgan. Rus-tuzem va yangi usuldagi maktablar uchun darsliklar («Rahbari forsiy», «Qiroati forsiy yoxud muntaxabi guliston», «Bolalar bogʻchasi») yozgan. «Rahbari forsiy» kitobi (1911, 1914, 1917-y. larda nashr etilgan)da fors tili qoidalari oʻzbek tilida bayon qilingan. «Qiroati forsiy yoxud muntaxabi guliston» (1916) xrestomatiya kitobida qisqaqisqa forscha matnlar 56 darsga boʻlib berilgan, baʼzi forscha soʻzlarga oʻzbekcha izoh yozilgan. «Bolalar bogʻchasi» alifbe kitobi boʻlib, tovush usulida tuzilgan. Uning 2nashri 1917-y. Toshkentda chiqqan. Bu darslikda K. D. Ushinskiy, L. N. Tolstoy, SM. Grameniskiyning oʻquv kitoblaridan tarjimalar berilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x