MUHAMMAD GARAY

MUHAMMAD GARAY, Geray, Girey (? – 1523) – Qrim xoni (1515 — 23). Mengli-Garaynmt katta oʻgʻli. Otasi davridayoq u Rus davlatiga nisbatan adovat bilan qaragan. Katta qoʻshinga boshchilik qilib, Rus davlatining jan. viloyatlariga chopqun uyushtirgan (1507, 1512, 1513, 1515-y. lar). 1515-y. da taxtga oʻtirib, Qrim xonligiga 8 ta rus shaharlari — Bryansk, Novgorod-Se-versk va b. ni, polyak qiroli Sigiz-mundga Smolensk sh. ni berishni talab qilgan. 1516—17 y. larda Rus yerlariga yangi talonchilik yurishlari tashkil etishda qatnashgan. Qrimda Rus davlati tarafdori boʻlgan Mirza Oppoqtaʼsirining ortishi qisqa muddatli rus-qrim ittifoqiga olib kelgan. Muhammad Garay ruslarga qarshi Sigizmund b-n ittifoqda birlashib (1520), 1521-y. da Qozonda Shoh Alixon (Moskvaning buyuk knyazi Vasiliy III Ivanovichning gumashtasi)ga qarshi fitna uyushtirgan va ukasi Sohib-Garaynit xon boʻlishiga yordam bergan. M. G. Moskvani egallash uchun Qrim va Qozon tatarlariga bosh boʻlib yurish qilgan. Muhammad Garayning qoʻshini Moskvadan 60 km jan. da toʻxtagan, rus qoʻshinlarining yaqinlashayotganidan xabardor boʻlgach, juda koʻp aholini asir olib qaytib ketgan. 1522-y. dek. da noʻgʻaylar bilan birga Astraxonga yurish uyushtirgan, shunda noʻgʻaylar mirzasi Agish tomonidan oʻldirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x