MUHAMMAD MUQIM

MUHAMMAD MUQIM (yoki Xoja Muqim, 17-a.) — musavvir. Ashtarxoniylardan Abdulʼazizxon (1645—80) va Subxonqulixon (1680—1702) kutubxonasida ijod qilgan. Muhammad Muqim kishilar tasviriga alohida ahamiyat beradi, tasvirlar nafis ishlanishi, qiyofalar ifodaliligi, kompozitsiyalar mutanosibligi, kam shaklliligi xamda shakllar yirikligi b-n diqqatga sazovor. Xoja Gado, Avaz Muhammad, Mulla Behzod kabi musavvirlar va Mirzo Barqiy, Mulla Mir Munshiy, Ibn Arabshoh kabi xattotlar b-n birga ishlab, Nizomiyning «Xamsa» (1669, Dublindagi Chester Bitti kutubxonasida), Firdavsiyning «Shohnoma» (1664, Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida, inv. №3463) asarlarini badiiy bezagan. Shuningdek, Firdavsiyning «Shohnoma», «Narimonnoma», «Bayonnoma», «Faramuznoma» qoʻlyozmalar majmuasiga (1670, O. Oleber maj-muasida) rasmlar ishlashda katnashgan.

Muhammad Muqim. «Siyovushni oʻtda sinash» (Firdavsiyning «Shohnoma» asariga ishlangan, 1664, Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x