MODDIY FAROVONLIK

MODDIY FAROVONLIK — jamiyat, ayrim kishilar va ijtimoiy guruxlarning moddiy neʼmatlar bilan taʼminlanganligi; kishilar moddiy ehtiyojlarining krndirilish darajasi.

Gʻarb mamlakatlari amaliyotida Moddiy farovonlik aholi daromaddari darajasi bilan bogʻlanib, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (YAIM) koʻrsatkichi asosida izohlanadi. Moddiy farovonlikni xalqaro taqqoslashlar uchun ham YAIM koʻrsatkichi qabul qilingan. Biroq, YAIM mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining muhim koʻrsatkichi boʻlsada, Moddiy farovonlikni, uning moddiy asosini aniq va toʻla ifodalamaydi.

Har qanday jamiyatda kishilar Moddiy farovonlikning moddiy asosi shu mamlakat ning millim moddiy boyligidir. Jamiyatning, kishilarning Moddiy farovonlik ularga tegishli boʻlgan, ular ixtiyoridagi moddiy neʼmatlar yigʻindisiga hamda joriy moddiy i. ch. darajasiga, olinayotgan daromadlarga, isteʼmol qilinayo-tgan moddiy neʼmatlar miqdori va sifatiga bogʻliq.

Har bir muayyan davrda butun jamiyatning, uning barcha aʼzolarining eng muhim moddiy extiyojlari, yaʼni hayotiy makonga va tabiiy resurslarga, i. ch. vositalariga va isteʼmolbop neʼmatlarga boʻlgan moddiy extiyojlari shu jamiyatda mavjud boʻlgan jami moddiy-ashyoviy boylik bilan qondiriladi. Jamiyatning, kishilarning tabiiy va ishlab chiqarilgan moddiy neʼmatlar bilan umuman va aholi jon boshiga taʼminlanganligi ular moddiy farovonligining asosidir. Shuning uchun hozirgi paytda dunyoda har bir mamlakat milliy boyligini, shu jumladan, milliy tabiiy va ishlab chikarilgan boyligini hisoblashga alohida ahamiyat berilmoqda (q. Milliy boylik). Moddiy ashyoviy boylik tarkibidagi tabiiy boylikning va ishlab chiqarilgan (jamgʻarilgan) boylikning alohidaalohida hisobga olinishi, tabiiy boyliklarni asrab-avaylab, undan oqilona foydalanib, i. ch. va jamgʻarilgan boylikning uzluksiz kengaytirilgan takror ishlab chikarilishi va koʻpaytirilishi Moddiy farovonlikni sakdash va oshirishning eng muhim shartidir.

Moddiy-ashyoviy boylikning hajmi va sifati, uning aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan darajasi yuqori boʻlgan mamlakatlarda Moddiy farovonlik ham, moddiy i. ch. samaradorligi ham, aholi daromadlari ham, isteʼmol darajalari ham yuqoridir. Biroq, Gʻarb mamlakatlari statistikasi va iqtisodchilarining eʼtirof etishlaricha, rivojlangan mamlakatlarning koʻpchiligida boylikning va daromadlarning aholi oʻrtasida taqsimlanishi favqulodda yoki juda notekisdir. Kam rivojlangan va postsotsialistik mamlakatlarning koʻpchiligida milliy moddiyashyoviy boylik aholi jon boshiga juda past darajada. Shuning uchun ham dunyoda 1,2 mlrd. dan ortiqroq kishi juda ham kambagʻallikda, qashshokdikda yashamoqda.

Milliy boylikni saqlash va koʻpaytirishda va shu yoʻl bilan Moddiy farovonlikni taʼminlashda va oshirishda davlat va uning milliy ijtimoiy-iqtisodiy siyosati muhim oʻrin tutadi. Davlat bu-yurtmalari va investitsiyalari ish joylarini koʻpaytirishga, aholi daromadlarining oʻsishiga ijobiy taʼsir etadi. Soliqlarning va davlat xarajatlarining optimallashtirilishi esa soliq yukini kamaytiradi, kishilar ixtiyoridagi daromadlarni koʻpaytiradi va Moddiy farovonlikga ijobiy taʼsir etadi. Shu bilan birga Moddiy farovonlik va isteʼmol boʻyicha optimal normativ va normalari, aholini ijtimoiy himoyalash mexanizmi va dasturlarining takomillashtirilishi katta ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyingi yillarda mamlakatdagi barcha tabiiy neʼmatlar (yerlar, yer osti va yer usti boyliklari va b.) umumilliy mulkka, boylikka aylandi, jamiyat aʼzolari esa uning hammulkchilari boʻlib qoldilar. Shu bilan birga, ular xususiylashtirilgan korxonalarning mulkchilariga aylandilar; yerga va b. mulklarga ijara asosida egalik joriy etildi; yerlar yakka, GURUH, shirkat, jamoa, korporativ xoʻjalik yuritish uchun, fermerlik va dehqon xoʻjaliklari tashkil etish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga taqsimlab berildi. Mamlakatning ishlab chiqarilgan va jamgʻarilgan moddiy boyliklari koʻpaydi va takomillashdi; aholining nominal va real daromadlari oʻsdi, kundalik isteʼmolbop mollar va uzok, muddat foydalaniladigan tovarlar b-n taʼminlanganligi oshdi. Shu bilan birga aholining keskin va katta darajada tabaqalanishining oldini olish hamda milliy moddiy boylik va farovonlikni kjsaltirish boʻyicha izchil ijtimoiy siyosat amalga oshirilmoqda.

Ad.: Karimov I. A., Ozod va obod Vatan, erkin va farovon qayot—pirovard mak,sadimiz, T. ; 2000; Menkyu N. Gregori , Prinsipы Ekonomiks. Per. s angl. Sank-Peterburg, 1999; Samuelson P. A., Nordxaus V., Ekonomika, 15-ye izd., Per. s. angl., M., 2000.

Erlis Aliqulov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x