MOLEKULYAR GENERATOR

MOLEKULYAR GENERATOR — kogerent (fazalari orasidagi nisbat oʻzgarmas boʻlgan) elektromagnit tebranishlarni molekulalarning majburiy kvant oʻtishlari hisobiga generatsiyalaydigan (hosil qiladigan) maxsus qurilma. Unda molekulalar dastlabki energetik holatdan pastroq ichki energetik holatga oʻtadi. Molekulyar generatorda kogerent tebranishlarning generatsiyalanishi yuz berishi uchun ushbu 2 shart bajarilishi lozim: asbobning ish xajmida dastlabki xrlatidagi zarralar soni ichki energiyasi kichikroq boʻlgan holatdagi zarralar orasidagi bogʻliklik (musbat teskari aloka) taʼminlanishi lozim. Molekulyar generatorda birinchi shart molekulalar da-stasini elektrostatik usulda saralash yoʻli b-n, ikkinchi shart (teskari aloqa) tebranishning tarqalish chastotasiga sozlangan xajmiy rezonator yordamida amalga oshiriladi. Molekulalar dastasi molekulalar manbadan vakuumga tor tirqishlar yoki kapillyar orqali chiqayotganda shakllanadi. Molekulyar generatorni rus olimlaridan N. G. Basov, A. M. Proxorov va ulardan mustaqil ravishda amerikalik olimlar U. Tauns, J. Gordon, X. Seyger 1954-y. da ixtiro qilgan. Bu kurilma ammiak (NH3) molekulalarida ishlab, yuqori monoxromatik va turgʻun (24840 MGs) chastotatali, mikrotoʻlqin diapazonli (1=1,24 sm) elektromagnit tebranishlarni hosil qiladi. Molekulyar generator dagi ammiak molekulalari dastasining quvvati 10~8 Vt, turgʻunlik chastotasi esa 10 7 — 10~ʻ boʻladi.

Keyinchalik sm va mm li toʻlqinlar diapazonida ishlaydigan Molekulyar generatorlar va 21 sm li toʻlqin uzunligida ishlaydigan (vodorod atomlari dastasidan foydalaniladigan) kvant generatorlari yaratildi. Bu asboblar kvant kuchaytirgichlar kabi, mazer deb xam ataladi. Molekulyar gazlar bilan ishlaydigan optik diapazonli kvant generatorlarni (q. Lazerpar) ham Molekulyar generator desa boʻladi, chunki ular tuzilishi va b. xossalari bilan Molekulyar generatorga oʻxshab ketadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x