MOZIYDAN SADO

«MOZIYDAN SADO» — ilmiyamaliy, maʼnaviymaʼrifiy, rangli jurnal. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Badiiy akademiyasi, Matbuot va axborot agentligi nashri. 1999-y. 1 yanv. dan Toshkent sh. da 3 oyda bir marta oʻzbek, rus, ingliz tillarida nashr etiladi. Jur. Oʻzbekiston tarixini asl holda tiklash sohasida mamlakatda olib borilayotgan siyosatni xalq orasida keng ommalashtirish va tushuntirish, muzeylar, muzeyshunoslik sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi, aholini tarix, umuminsoniy, milliy qadriyatlar bilan tanishtiradi, muzey va muzeyshunoslikka oid yutuk^larni tashviq etadi, oʻzbek xalqining boy madaniy merosi, insoniyat tarixidagi oʻrni, taraqqiyot bosqichlarini aks ettiradi. Mamlakat hamda jahon jamoatchiligini xorijiy mamlakatlarda saqlanayotgan osoriatiqalar, muzeyshunoslik sohasidagi xalqaro aloqalar, respublika va xorijda tashkil etilgan koʻrgazmalardan xabardor qilib boradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x