MONTMORILLONIT

MONTMORILLONIT (Fransiyadagi Monmoriyon sh. nomidan) — qatlamli silikatlar sinfiga mansub gilli mineral. Kimyoviy tarkibi oʻzgaruvchan (Ca. Na) (Mg, Al, Fe)2 [(Si, Al)4O10(OH)2 nH2O. Monoklin singoniyali, kristallik strukturasi qatqat. Rangi oq, kulrang, qoʻngʻir. Qattikligi 1,5—2,5; zichligi 1700—2900 kg/m3. Koʻp alyuminiyli Montmorillonit — beydellit, magniyligi — saponit, temirliligi — nontronit deb ataladi. Ishqorli muhitda har xil jinslarning nurashidan vujudga keladi. Dengiz muhitida gidroslyudalarning transformatsiyasi, lagunali havza va quruq iqlimli tuproqlarda esa kulsimon mayda zarrachalarning chirishidan hosil boʻladi. Montmorillonit bentonit gillarning asosiy minerali. Yuqori sorbsi-yali, namlanganda boʻkadi, qajmi koʻpayib yoriq va gʻovaklarni toʻldiradi va suv oʻtkazmaydi. Montmorillonit li gillar neft va gaz uyumlari uchun yaxshi toʻsiq vazi-fasini oʻtaydi. Montmorillonit li gilmoya konlari Oʻzbekistonda Buxoro, Samarqand, Fargʻona, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy viloyatlarida mavjud. Montmorillonit li gillar neft, toʻqimachilik, sovungarlik, sement sanoatlarida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x