MORGANLAR

MORGANLAR (Morgan) – AQSHdagi eng keksa va yirik moliya guruhlaridan biri. 19-a. ning oxirida shakllangan. Bu guruhga Morgan (1813—90) asos solgan. Taʼsir sohalari: bank ishi, kayta ishlash sanoati, t. y. transporti. Yetakchi moliyaviy institutlar: «Morgan granti t-rast kompani» tijorat banki, «J. P. Morgan end kompani» bank uyi, «Morgan Stenli end kompani» investitsiya banki. M. «Prudenshel» va «Nyu-York layf» sugʻurta kom-paniyasining 50% ga yaqin aktivlarini, «Yunayted Steyts stil», «Jeneral Elektrik», «Jeneral Motors» sanoat korporatsiyalari, investitsiya banklari tarmogʻini nazorat qiladi. 20-a. ning 70-y. lari nazoratidagi aktivlar miqdori 90 mlrd. dollardan ortiqroq boʻlib, shundan 40 mlrd. dollar kreditmoliya sohasiga toʻgʻri kelgan. Guruh koʻpgina bank va sanoat monopoliyalari ittifoqidan iborat. 2-jahon oʻrushigacha moliyaviy goʻruhning boshqaruv markazi Nyu-Yorkda joylashgan. Morganlar, shuningdek, koʻmir, toʻqimachilik, neft, kimyo va b. sanoat tarmoqlarida oʻz hissasiga ega.. 25 mamlakatda 560 ta ofisi faoliyat olib boradi, xodimlar soni 60 mingdan ortiq. 2001-y. sof foydasi 3,6 mlrd. dollarni tashkil qildi. Taʼsir doirasida hoz. zamon ilmiytexnika inqilobi bilan bogʻliq sohalar (radioelektronika, raketa yasash va b.) yoʻqligi uchun mavqei ancha pasaygan. Morganlarning moliyaviysanoat manfaatlari barcha yetakchi mamlakatlarda mavjud. Gurux. AQSH ning siyosiy hayotida muhim rol oʻynaydi.

Abduxalil Razzoqov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x