MONOXROMATOR

MONOXROMATOR (mono… va yun. hroma — rang) , optikada — optik nurlanish (koʻrinadigan yorugʻlik, in-fraqizil yoki ultrabinafsha nurlar)ning murakkab spektridan toʻlqin uzunliklarining tor qismini ajratib beradigan asbob; spektrometr, spektrofotometr, spektrograf va b. asboblarning asosiy qismi. Kirish va chiqish kollimatorlari va disperelovchi (tarkatuvchi) tizim (prizma, difraksion panjara)aan iborat boʻladi. Monoxromator obyektivlari (kollimatorli va fokus lovchi) linzali yoki koʻzguli boʻlishi mumkin. Kirish va chikish kollimatorlari qoʻzgʻalmas qilinib, chiqayotgan nurlarning toʻlqin uzunligi 1 disperslovchi tizim va yordamchi koʻzgular yordamida oʻzgartiriladi. Monoxromatorda yorugʻlik kirish kollimatori tirqishidan oʻtib, parallel nurlar hosil qiluvchi va dis-perelovchi elementga yuboruvchi obyektivga tushadi. Chikish kollimatorining fokal tekisligida nurlanish manbaining barcha toʻlqin uzunliklari 1 ga mos monoxromatik (bir rangli) tasvirlar toʻplami hosil boʻladi.

Nurlanish spektrining ultrabinafsha qismini ajratib beradigan Monoxromatorda flyuorit (SaGʻ2), litiy ftorid (Li F) va kvars (SiO2) dan yasalgan dis-perelovchi prizmalar, yassi va botiq panjaralar qoʻllaniladi. Spektrning infraqizil sohasida ishlatiladigan. Monoxromatorda sferik, parabolik koʻzgular, shisha va kvarssan yasalgan prizma va panjaralar qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x