MOLEKULYAR AKUSTIKA

MOLEKULYAR AKUSTIKA — moddalarning tarkibi va xossalarini akustik usul b-n, ularning akustik xossasini esa molekulyar nuqtayi nazardan oʻrganadigan fizik akustika boʻlimi. Molekulyar akustikada tovush toʻlqinlarining akustik xossalari, yaʼni moddalarda tarqalish tezligi va yutilish koeffitsiyentlarining t-ra, bosim va b. omillar bilan bogʻlikligi oʻrganiladi. Molekulyar akustika 20-a. 30-y. laridan boshlab, yaʼni koʻpgina moddalarda tovushning tarqalishida dispersiya hodisasi kuzatilganidan keyin, ayniqsa, tez rivojlana boshladi. Molekulyar akustikada tekshiriluvchi obyekt sifatida, odatda, ultratovush olinadi: gazlarda chastotalari W—W Gs li ultratovushlar, suyuqlik va qattiq moddalarda 105—10* Gs li ultratovushlar, chastotasi ~1010 Gs (q. Gipertovush) li tovushlar tekshiriladi. Qisqa, vaqt davomida sodir boʻladigan jarayenlarning kinetikasini oʻrganadigan akustik usulni kam miqdordagi moddalarni yuqori bosim va turli t-rada katta aniklik bilan tekshirishga imkon beradigan yagona usul desa boʻladi. Suyuqliklarda tovush tezligini va uning t-raga bogʻliq ravishda oʻzgarishini, mas, eritmalardagi ionlarning oʻzaro taʼsiri va b. ni aniqlash muhim ahamiyatga ega. Tovushning yutilish koeffitsiyenta moddalardagi ichki ishkalanish, issiklik oʻtkazuvchanlik va relaksatsiya bilan bogʻliq boʻlgan jarayonlardan aniqlanadi. Molekulyar akustikaning koʻpgina masalalari optik, spektroskopik va b. kompleks usullar bilan hal qilinadi. Molekulyar kuchlar tabiati, molekulyar jarayonlar kinetikasi, issiklik sigʻimi nazariyasi, yorugʻlikning sochilishi va sh. k. muhim masalalarni xal qilishda Molekulyar akustikaning ahamiyati katta.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x