MIYONBUZRUK

MIYONBUZRUK, Solihov Miyonbuzruk (1891—Toshkent—1938.4.10) — adabiyotshunos, folklorshunos va sanʼatshunos olim. Istanbul untini tugatgan (1927). Oʻzbekistonga qaytgach (1927), Oʻrta Osiyo unti sharq f-tida oʻzbek tili va adabiyotidan dare bergan (1927—31). M. Avezov, A. K. Borovkov, M. Shayxzoda, Mirzakalon Ismoiliy kabi tanikli yozuvchi va olimlarga ustozlik qilgan. Tojikiston davlat ma-orif in-tida oʻqituvchi (1931—32), Oʻzbekiston Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot in-ti (1932—33) va Oʻzbekiston Fan qoʻmitasi qoshidagi Til va adabiyot in-tida (1934—35) ilmiy xodim, Toshkent pedagogika in-ti, SamDU (1936) va Buxoro pedagogika in-ti (1936, apr.)da oʻqituvchi. Miyonbuzruk — oʻzbek adabiyoti va sanʼatiga oid maqolalar («Oʻzbek», «Bedil», «Mehrobdan chayon» haqida va b.), shuningdek, «Oʻrta Osiyo va oʻzbek adabiyoti tarixiga umumiy karash» (1930), «Soʻfizoda va uning ijodi haqida» 1934), «Oʻzbek teatri tarixi uchun materiallar» (1935) kabi risola va monografiyalar muallifi. S. Ayniyning «Doxunda» romanini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Miyonbuzruk 1937-y. 7 avg. da hibsga olinib, 1938-y. 5 okt. da «xalq dushmani» sifatida otib tashlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x