MIASS

MIASS — RF Chelyabinsk viloyatidagi shahar. Miass daryosi sohilida. Aholisi 166,9 mingkishi (1998). Miass 1773-y. da mis z-di qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan (19-a. boshida yopilgan), shuningdek, oltin qazib olish markazi sifatida ham mashxur. 2-jahon urushi yillarida (1941—45) Moskvadan evakuatsiya qilingan uskunalardan birinchi Ural avtomobilsozligi — yuk avtomobillari z-di qurilgan. Shuningdek, «Miasselektroapparat», yogʻochsozlik va b. z-dlar bor. Shahar atrofidan oltin, talk, marmar qazib chiqariladi. Chelyabinsk politexnika in-tining kechki f-ti, geologiyaqidiruv va avtomexanika texnikumlari, ped. va musiqa bilim yurtlari, oʻlkashunoslik va mineralogiya muzeylari hamda Miass yaqinida Ilmen mineralogiya qoʻriqxonasi mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x